Ziyon nima bor narsami

Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 3 yildan oshdi to‘yimiz bo‘libtiki turmush o‘rtog‘im bilan ko‘p janjallashamiz kelisholmay qolamiz ko‘p ota uyimga qaytib kelib oylab yashadim uyimga qaytsam erim bilan telefonda yarashib yaxshi gaplashamiz lekin birga yashay boshlasak yana janjallar ko‘payadi bir birimizni ko‘rgani ko‘zimiz bo‘lmaydi kimlardir manga o‘rtalaringda ziyon bor dedi shu narsa bormi o‘rtada 1 ta farzandimiz bor yaqinda 2 ta bo‘ladi lekin bir birimizga iliqligimoz yo‘q o‘zi turmush o‘rtog‘imni juda yaxshi ko‘raman lekin ko‘rarga ko‘zimiz yo‘q bir birimizni hattoki turmush o‘rtog‘im bilan yaqinlikda ham xoxish yo‘q zaiflik bor qanday duo yoki oyatlar bilan o‘zimizni davolaylik maslaxat bering
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Doim tahratda pok yuringlar, namozlarni vaqtida o‘qinglar, tilingiz zikr va tilovat bilan band bo‘lsin, uyingizni, kiyimlarni doim pok toza holda saqlang, ikkingiz ruqya oyatlarini eshiting. Imkon bo‘lsa solih ilmli (dam solishni kasb qilib olmagan) odamga dam soldirib malahat olinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar