Aroqdan daromad

Assalomu alaykum! Tog‘amni aroq do‘koni bor. Boshqa ish bilan shug‘ullaning desam foydasi bo‘lmadi. Bobom bilan buvim tog‘amni aroq sotishlariga qarshi emas. Savolim man bobom bilan buvimga ulkan gunoxligi aytishim munosabatlarimiz buzilishi mumkin nima qilay? Onam ushbu xonadonda bobom va buvim bilan ovqatlanishlariga qarshi chiqaman doim chunki aroq sovdosidan kelgan dasturxondagi nematlar. Onam ushbu dasturxondagi ovqatlardan eyishlari qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zimmangizda etkazish vazifasigina bor, majburlash emas. Etkazsangiz va u ishlarga qalban norozi bo‘lsangiz, oxiratda ham qolganiga javobgar bo‘lmaysiz. Tog‘angiz va bobongizga qabul qilsalar, gapiring qabul qilmasa duo qiling. Imkoningiz bo‘lsa, onangizni o‘zingiz ta’millashga harakat qiling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar