Arenda joy

Assalomu alaykum! Man bitta ish qimoqchiman masalan bitta odammi joyiga arendator topib kelsam (joy manikimas) ular 1 yillik shartnoma tuzishsa masalan oyiga 1000$ dan va man joy egasi bilan kelishib 600$ sanga 400$ manga dib kelishib ose 1 yil ichida 400$ ogan pulim xalol bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu masala  3 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:1) Do‘konni o‘zingiz ijaraga olib, do‘konga biror ziyodalik, qo‘shimcha qulaylik kiritib, so‘ngra boshqa odamga qimmatroqqa ijaraga bersangiz joiz.2) Do‘kon egasi bilan odam topib berganingiz uchun aniq bir summani kelishib (misol uchun 4800), ijarachi ijarani buzish-buzmasligidan qat’iy nazar do‘kondordan ish haqqingizni bir marotaba olishingiz joiz.3) Do‘kondordan har oy uchun ma’lum summani olib turishga kelishishingiz esa joiz emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 12:22 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar