O‘limdan qo‘rqish
Assalomu alaykum! Men ora orada o‘lim xaqida o‘ylab qolaman va qo‘rqaman amallarim jannatni berarmikin dib, bugun tush ko‘ribman tushimda men do‘zaxka kiryotganmishman qo‘rqib ketdim bir tushku dib qo‘ydim. Uyg‘onib lekin yodimga tushib ketyabdi shu tush. Xar kuni tinmay zikrlar aytaman. O‘lim xaqida o‘ylasam qo‘rqaman xali tayormasmanmi dib. Maslaxat bering nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisi sharifda tush ko‘rgan kishi nima qilishi va nima deyishi haqida shunday deyilgan:عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا رَأَى أَحَدُكُمْ رُؤْيَا يُحِبُّهَا فَإِنَّمَا هِيَ مِنَ اللهِ فَلْيَحْمَدِ اللهَ عَلَيْهَا وَلْيَتَحَدَّثْ بِهَا، وَإِذَا رَأَى غَيْرَ ذَلِكَ مِمَّا يَكْرَهُ فَإِنَّمَا هِيَ مِنَ الشَّيْطَانِ فَلْيَسْتَعِذْ مِنْ شَرِّهَا وَلَا يَذْكُرْهَا لِأَحَدٍ فَإِنَّهَا لَا تَضُرُّهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon biringiz o‘zi uchun yaxshi tush ko‘rsa, shubhasiz u Allohdandir. Bas, u Allohga hamd aytsin va uni (tushni) birovlarga aytsin. Qachon boshqacha, yoqmaydigan tush ko‘rsa, shubhasiz u shaytondandir. Bas, uning sharridan panoh tilasin va uni (tushni) zikr qilmasin. Shundoq qilsa, unga zarar keltirmaydi», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu hadisi sharifda tushlar ikki xilga– yaxshi tushga va yoqmaydigan tushga bo‘linishi ta’kidlanmoqda.
Birinchi xili–yaxshi tush.
Tush ta’biri borasidagi musulmon bilimdonlarning fikrlariga ko‘ra, odam tushida ibodat qilayotganini ko‘rsa, eng yaxshi tush ko‘rgan bo‘ladi. Namoz o‘qish, ro‘za tutish, tahorat qilish va shunga o‘xshash ibodatlarni tushida ko‘rgan odam avvalo Alloh taologa shukrlar aytib, keyin uni boshqalarga, xususan, olim kishilarga aytgani yaxshidir.
Shuningdek, birovning o‘lganini ko‘rsa, ibodatga moyilligiga ishora, mahramlarining nikohini ko‘rsa, ularga silai rahm qilishiga ishora bo‘ladi.
Bunga o‘xshash yaxshi tushlarni ko‘rgan odamlarga Payg‘ambar alayhissalom quyidagi nasihatni qilmoqdalar:
«Qachon biringiz o‘zi uchun yaxshi tush ko‘rsa, shubhasiz, u Allohdandir. Bas, u Allohga hamd aytsin va uni (tushni) birovlarga aytsin».
Musulmon odam o‘ziga yaxshilik etganda, albatta, Alloh taologa hamd aytmog‘i lozim. Jumladan, yaxshi tush ko‘rganda ham. Shu bilan birga, bu yaxshilikni boshqalarga aytish ham yaxshidir.
Ikkinchi xili–yoqmaydigan tush.
Kim tushida o‘tga tushganini, baland joydan qulab tushganini yoki boshimi, biror a’zosimi, uzilganini ko‘rsa, yomon tush ko‘rgan bo‘ladi.
Bunga o‘xshash tushlarni ko‘rgan odamlarga Payg‘ambar alayhissalom quyidagi nasihatni qilmoqdalar:
«Qachon boshqacha, yoqmaydigan tush ko‘rsa, shubhasiz, u shaytondandir. Bas, uning sharridan panoh tilasin va uni (tushni) zikr qilmasin. Shundoq qilsa, unga zarar keltirmaydi», dedilar».
Ana shunday tushni ko‘rgan odam darhol Alloh taolodan panoh tilashi va bu tushni hech kimga aytmasligi kerak bo‘ladi. Shunda ko‘rgan tushi unga zarar ishorasi bo‘lmaydi. ("Hadis va hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar