Hadya deb berib yana qaytarib olish

Assalomu alaykum! Nikox to‘yida kelinning qarindoshi kelinga tilla zanjir taqib, tabriklab xadya qilib, to‘y o‘tkandan 5-6 yil o‘tib “bu manniki” deb qaytarib olishi mumkunmi? Savol: xadya qilingan narsani qaytarib olinishiga shariatimizda xukmi qanaqa? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sovg‘a hadya hisoblanadi. Hadyani qaytarib olish quyidagi hadisga binoan qusgan qusug‘ini qayta og‘ziga olish bilan barobardir. النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نِسَاءَهُ فِي أَنْ يُمَرَّضَ فِي بَيْتِ عَائِشَةَ. وَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْعَائِدُ فِي هِبَتِهِ كَالْكَلْبِ يَعُودُ فِي قَيْئِهِ Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Hibasini qaytib olgan kishi qusug‘ini qaytib olgan it kabidir», deganlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَيْسَ لَنَا مَثَلُ السَّوْءِ، الَّذِي يَعُودُ فِي هِبَتِهِ كَالْكَلْبِ يَرْجِعُ فِي قَيْئِهِ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bizda yomon xislat bo‘lmaydi. Hibasini qaytib olgan qusug‘ini qaytib olgan it kabidir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar