Diniy ilm olishga ona qarshi
Assalomu alaykum! Men hozirda texnik yo‘nalishning 3-kurs talabasiman, biroq islom o‘quv yurtlari mavjudligini bilganimdan so‘ng madrasa va islom institutida o‘qib, umrimni diniy ilm o‘rganish va o‘rgatishga bag‘ishlamoqchiman. Hozirgi o‘qiyotgan sohamga qiziqishim va unda ishlash niyatim yo‘qligi sabab, 3 yil mablag‘ va vaqtimni zoe ketkizmaslik uchun bu o‘qishni tashlamoqchiman. Biroq onam maqsadlarimga qattiq qarshilar, ularni tushunishimcha dinga berilib ketish xavfli ekan. Bunday holatda onaning roziligi muhummi yoki ezgu oliy maqsadimmi, yoki ulardan bekitib amalga oshiraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinga xizmat qilish uchun faqat madrasa o‘qish shart deyilmaganyu sohangizda etuk mutaxassis bo‘lib, xalqga va musulmonlarga foyda keltirishingiz ham katta jiddi-jahd xisoblanadi. Siz kundalik diniy ehtiyojingiz uchun kifoya qiladigan miqdordagi ilmni o‘rganing.
Siz insoniyatga, xususan musulmonlarga ikki dunyosiga foyda beradigan ilmni o‘rganishingiz, bu borada niyatni tug‘rilab olishingiz ayni savob va ibodat hisoblanadi. Dunyoviy ilmlarni cho‘qqisiga chiqish ham oxir oqibat Allohning ma’rifatiga olib boradi. Dunyoni va holatni teran anglashga chaqiradi. Iqtisodda sarmoya va resursni taqsimlash degan muhim bob bor. Insonning sarmoya va resursi umri va uning iste’dodi bo‘ladi. shuni to‘g‘ri taqsimlasangiz dunyoda ham muvaffaqiyatga erishasiz oxiratda ham najot topasiz. Ba’zi bir odamlar juda ko‘p kitob o‘qishni yoqtirishadi. Bu yaxshi hislat, ammo o‘sha kitob o‘qishda dini yoki dunyosiga foyda keltiradiganlari bor, kitob o‘qishga chanqoqlik, ochlik degan narsani qondirish uchun ham kitob o‘qish bor. Unda odamlar dunyo va oxiratiga foydasi bo‘lmagan fantastik, xayoliy ishq muhabbatga tegishli kitoblarga vaqt sarflashadi. Albatta ular ham ma’lum daraja foydasi bor, lekin ularning foydasi Alloh taoloning Qur’onda zikr qilgan:
Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», – deb ayt. (Baqara surasi 219-oyat). Oyatidagi “kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir” misoliga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar