O‘rtadagi vositachilik
Assalomu alaykum! Yaqinda mening bir do‘stim yaxshigina daromadli ish taklif etdi. Ya’ni men unga biznesini yuritish uchun investor topib berishim kerak. Investor bor. Investitsiya qilinadigan puldan mo‘maygina daromad olsa bo‘ladi. Investor ham bunga rozi. O‘rtada hatto daromadning bir qismiga meni ham sherik qilishmoqchi. Lekin men u erda umuman hech qanday vazifa bajarmayman. Meni qiynayotgan masala shuki, menga taklif qilingan daromaddan ulush halolmi yoki harommi? Har ikkala tomon ham meni daromadga sherik bo‘lishimga chin ko‘ngildan rozi. Masalaning asosiy tomoni xavf-xatardir. Ya’ni foyda olmaslik yoki zarar ko‘rishlik xavfi asosan investor va mahsulot olib kelayotgan odamga tushadi. Menga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Men o‘z bilganimcha bu ish menga halol emas deb javob berdim. Lekin qistashyapti. Men shu ishga qo‘shilsam va daromadga sherik bo‘lsam halolmi yoki harommi? Agar harom bo‘lsa qanday yo‘l tutsam halol bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tomondan ham biror zominlik(risk) bo‘lsin. Yoki o‘zingizni pulingiz bilan qo‘shiling yoki investordan qarz olib qo‘shiling. Shunda qo‘shgan hissangizga qarab daromaddan olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 14:51 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom