Namoz o‘qimaydiganlarga munosabat

Assalomu alaykum! Meni bir savol anchadan beri qiynab kelyapti. Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning bir maruzalarini eshitib qoldim. Unda shayximiz “Agar inson namozni rad etsa va o‘qimasa, dindan chiqadi. Agar namozni farz amalligini tan olib, uni o‘qimasa osiy bo‘ladi” deganlar. Kelin bo‘lib tushganimga 7 yil bo‘ladi. Alhamdulillah namoz o‘qiyman. Qaynona va qaynotam namozxonlar ustidan kulganday gapirishadi. Xattoki tarobeh namozini “Odamla kechasi yig‘ilvolib nima qiladi?” deyishadi. Ro‘za ham tutishmaydi. “Odamning ichi toza bo‘sa bo‘ldi.” deyishadi. Oldinlari ahamiyat bermay, jahlim chiqsa ham ichimga yutardim. Ammo shayhimizning bu maruzalaridan keyin o‘ylanib qoldim. Ularga bo‘lgan munosabatim ichimdan o‘zgardi. Ular bilan bir joyda o‘tirgim kelmay qoldi. Gaplashgim ham kelmay koldi. Xo‘jaynim ham o‘ranishimga qarshilar. Ularga qanday munosabatda bo‘lishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oilangizga chiroyli muomalada bo‘lgan holda shariat ko‘rsatmalariga og‘ishmay amal qiling. Duoda bardavom bo‘ling, Alloh taolo albatta oilangizni qalbini islomga ulfat qiladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 14:51 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar