Ollohning muqaddas kitoblarini o‘qish
Assalomu alaykum! Tavrot’ Injil’ Geeta kitoblarining o‘zbekcha tarjima nusxalarini o‘qib o‘rganishni istayman. Bu ilim inson uchun o‘zining diniga yanada iymonli bo‘lishiga sabab bo‘la oladi. Chunki ko‘p chilik insonlar ularning hayotini ko‘rib go‘yoki ularning kitobiga shularni ruxsat etilgan deb fikr qilishadi. Bunga faqat o‘qib bilish bilan kifoyalanishi mumkin! Yuqorida yozgan kitoblarni tajimasi o‘qib so‘ngi haq din qaysi din ekanligiga iymon keltirishadi. Bu savol ko‘pchilikni qiziqtirgan ammo buni aniqlay olganmi yo‘qmi buni bilmadim negaki Olloh uchun barcha bandasi birdek.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri fikrda ekansiz. Avvalo diningiz haqida chuqur malumotlarga ega bo‘lib oling. Inson idish hisoblanadi. Uning ichiga ko‘z, quloq, og‘iz va burun orqali narsa kiradi. Nima bilan to‘ldirilsa o‘sha narsa uni harakatlantirishni boshlaydi. Shuning uchun fahsh filmlarni ko‘rganlar o‘zlarini mahramlariga fahsh ish qilishdan ham tiyilolmayapti. Yoshligida harom eb katta bo‘lganlar qarisa ham haromdan o‘zini tiyolishmayapti. Inson o‘qigan narsasidan albatta ta’sirlanadi.
Hozirgi kunda injilni o‘zgartirib yuborilgan. Agar hozirgi kungacha ularning kitoblari o‘zgarmay kelganida edi, ular albatta musulmon bo‘lishar edi. Chunki o‘zgartirishlaridan oldin kitoblarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida bashoratlar bo‘lib, u zotga ergashishga buyurilgan.عن جابر رضي الله عنه عن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حين أتاه عمر فقال : إنا نسمع أحاديث من يهود تعجبنا ، أفترى أن نكتب بعضها ؟ فقال : أمتهوكون أنتم كما تهوكت اليهود والنصارى ؟ ! لقد جئتكم بها بيضاء نقية، ولو كان موسى حيا ما وسعه إلا اتباعي» . رواه أحمد، والبيهقيJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Umar kelib “Biz yahudiylardan hadis(hikoya va ma’ruza)lar eshitamiz” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlar(o‘z diningiz haqida) yahudiy va nasorolar kabi shak shubhadamisiz? Men sizlarga ochiq-oydin, sof, xolis(din)ni keltirdim. Agar Muso tirik bo‘lganida menga ergashishdan boshqa narsa qilishi joiz bo‘lmas edi” dedilar».
Imom Ahmad va Bayhaqiylar rivoyati. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 14:51 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar