4taga uylanishni to‘g‘ri tushunishmayapti

Assalomu alaykum! Ustozlar, dinimizda erkak kishi uchun 4ta ayolga uylanishga ruxsat bor deyilgan. 4tala ayoliga adolatli bo‘lolsa 4tala ayolini xech birini xech narsaga zoriqtirmay imkoni bo‘lsa uylansin deb eshitganmiz. Lekin hozirgi kunda turmush qurib, ajrashib “erkak kishiga 4tagacha ruxsat bor, erkak kishiga aybmas” deb qiz-xotin olishib ko‘p o‘tmay xaydab, yana uylanib 2-3ta qizni juvonimarg qilishib boshqaga uylanishyapti. Alloh oldida kasam ichib nikoxlab ektmayapti deb xaydab uylanishyapti. O‘shalar bu qizlar uchun javob berishadimi yoki dinimizda xotin xaydab yana qayta-qayta uylanovirsin deyilganmi? Mana shu haqda ma’lumot bersangizlar ustozlar! Qanchadan qancha qizlarni xayotini uyinchoq qilishib, o‘zlari yana qizlarga uylanyotgan erkaklar zora o‘qib ibrat olishsa degan umiddamiz! Alloh rozi bo‘lsin sizlardan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن أبى موسى الأشعري قال: قال رسول اللّه صلّى اللّه عليه وسلّم: "تزوجوا ولا تطلقوا فإن اللّه لا يحب الذواقين والذواقات" رواه البزار في المسند Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uylaninglar va taloq qo‘ymanglar. Albatta Alloh tatib ko‘rib taloq qiluvchi erkak va tatib ko‘rib talog‘ini oluvchi ayollarni yaxshi ko‘rmaydi” dedilar. Bazzor rivoyati. Boshqa bir rivoyatda undaylarga la’nat bo‘lishi aytilgan. Vallohu a’lam!

25 Aprel 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar