Alloh taoloning Uluv sifati haqida

Assalomu alaykum! Alloh taoloning Uluv sifati haqida biz moturidiylar qanday e’tiqodda bo‘lishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min inson ziyrak va xushyor bo‘ladi degan asar bor. Mantiqiy o‘ylab ko‘rilsa Alloh taolo Qadiym Boqiy sifatlarga ega zot ya’ni vaqt degan yaratilgan narsaning chegarasiga kirmaydi, Yaratuvchi yaratgan narsasining chegarasida bo‘lmaydi. Makon ham yaratilgan ekanini hech kim inkor qila olmaydi, shunday ekan maxluq makonning kay tarafi bo‘lmasin uni Alloh taologa nisbat berib bo‘lmaydi. Muhkam oyatda Alloh «U Zotga o‘xshash hech narsa yo‘qdir», Shuro surasi 11-oyat, degan. Zamon va makon bilan chegaralanish bu maxluqotlarning sifatlaridan. Shunday ekan siz so‘ragan sifat Ulug‘lik sifati deb e’tiqod qilinadi.
 Mutashobih oyatlarni kavlab uning orqasidan yuradiganlarni oyati karimada qalbida marazi bor odamlar deb ta’riflangan, shunday ekan siz bunday mavzular ko‘tarilgan joylarda yoki ijtimoiy tarmoqlardagi tortishuvlarga vaqt sarflamang, ziyrak va xushyor mo‘min sifatida umrning qadriga etib ilm oling va kerakli amallar bilan band bo‘ling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar