Nikohim masalasi

Assalomu alaykum! Meni birinchi turmushim bo‘lmagan. Bir inson bilan turmush qurishni niyat qildik. Ularni xam avvalgi turmushlari bo‘lmaganligi sababli faqat nikox o‘qitib yashamoqchi edik. Chunki katta to‘yni ular xam men xam ko‘rdik. Ularda xam menda xam farzandlar bor. Shu sababli ota onadan rozilik olib nikox o‘qittirdik. Bizni nikoxlagan domla men guvoxga o‘taman deb aytdilar. Ammo o‘sha paytda men tomondan guvox yo‘q edi. Domla siz uchun xam guvox bo‘laman deb aytdilar. Shu nikoximiz to‘g‘rimi? Negadir ko‘nglim g‘ash. Shunga aniqlik kiritib beringlar. Farzandli bo‘lish niyatimiz bor. Shuning uchun xalol nikoxdan solix farzandni niyat qilgan edim. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Niokhda kelin kuyov va yana ikki erkak yoki bir erkak ikki ayol bo‘lishi shart. Undan kami bilan nikoh bog‘lanmaydi. Guvohlar balog‘atga etgan bo‘lishi ham kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar