Ayol ko‘zi yorishidan 3 kun oldin 3 taloq olsa
Assalomu alaykum! Men bir tanishimni nomidan yozyapman tanishimni ayoli xomilador edi va ko‘zi yorishidan 3-4 kun oldin ular janjallashib qolishibdi va kelin uyiga ketishini aytibdi. Shunda tanishim jaxl ustida uyinga ketsin 3 taloqsan deb yuboribdi va ayoli bu gapga parvo qilmay ketib qolgan. Hozirda ayoli farzandini dunyoga keltirdi, ayrim odamlar ko‘zi yorgandan keyin taloq bekor bo‘ladi deyishmoqda. Shunga oydinlik kiritib bering, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular uch taloqdan keyin bir-biriga mutlaqo begona hisoblanishadi. Ularni qayta nikohlanishi ham joiz emas. Ayol bolasini tug‘ishi bilan iddasi tugaydi. Ayol boshqa erga tegib, tabiy talog‘ini olib, iddasini o‘tirib iddasi tugaganidan keyin birinchi eriga halol bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 19:10 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush