Ba’zi savollar

Assalomu alaykum! 1. Juma namozlarida bizda masjidimiz tashqarisiga ham jamoat uzayadi. Quyoshli, issiq bo‘lgan vaqtlarda masjid tashqarisidagi jamoatda ba’zilar soyaga qochib, jamoatdan uzilib qolishadi, ammo shu soyaga kelgan boshqalar bilan kichik jamoat hosil qilishadi. Lekin ular ham masjid imomini eshitib unga iqtido qilishadi. Shunday qilsa, namoz qabul bo‘ladimi? So‘raganim boisi, o‘zim ham shunday soyada boshqalar bilan birga namoz o‘qisam, qabul bo‘larmikin deb o‘ylab qolaman. 2. Tahorat olyotganda burnimga achishguncha suv tortsam, ertasiga burnim bitib qoladi. Men shunda qanday yo‘l tutay? 3. Play marketdan islom.uz ilovasini yuklab olmoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Masjid xonaqosi va xovlisidan tashqari ko‘chada saf tortilganda saf ulanishi shart. Fuqaholar saf orasidan bitta otarava o‘tadigan joy qolgan bo‘lsa orqadagilarning namozi namoz bo‘lmaydi deganlar.2). Siz achishguncha tortmang. Burunni yumshoq joyigacha suv kirsa kifoya qiladi. Vallohu a’lam!3). Quyidagi linkda berilganini yuklab oling. https://e-hilolnashr.uz/namoz

13 May 2022, 15:57 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar