Ribo va ona
Assalomu alaykum! Oyim kichik bir mashina olamiz deb pul yig‘ayabdila 5 mln bo‘lib qoldi endi uni bankka topshiraman deyabti men bu harom hisoblanadi dedim ular u dunyoga kim borib kelgan anavi odam shunday boyidi uni biror joyi zarar qilmadi falonchi shunday qilib o‘qidi hech narsa qilmadi meni ishmga aralashma seni uydan haydataman meni o‘g‘lim terrorchi deb aytaman seni qamashadi dedi. Astag‘firulloh shunda meni hayolimga Alloh oyimni qalbiga muhr uribdimi degan hayol keldi chunki bir necha bor Qur’on oyatini o‘qib qilganiz noto‘g‘ri demoqchi bo‘lsam qulog‘ini yopib menga aytma men u narsaga amal qilmayman dedilar. Alloh onamni qalbiga muhir urganmi? 2) onam mobodo pulni bankka qo‘ysala va mashina olsak uni onda sonda minib so‘ng sotib pulini savob umid qilmasdan ehson qilib yuborsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Onangiz iymonga kelishidan, hidoyat topishidan hargiz noumid bo‘lmang. Qalblar Allohning izmida, u zotga duo qilib, hidoyat so‘rang. Onangizga go‘zal muomalada bo‘ling, islomga tilingiz bilan chaqirganingizdek, xulqingiz bilan ham da’vat qiling. Mol-dunyoning ko‘pligi, dunyoviy ishlardagi yuzaki g‘alaba biror kimsaning to‘g‘ri yo‘lda ekanini bildirmaydi. Mol-dunyo berilishi ham, undan mahrum qilinishi ham sinov-imtihondir.
Alloh taolo “Fajr” surasida marhamat qiladi: فَأَمَّا الْإِنسَانُ إِذَا مَا ابْتَلَاهُ رَبُّهُ فَأَكْرَمَهُ وَنَعَّمَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَكْرَمَنِ 15. Bas, qachon insonni Robbi sinash uchun ikrom qilsa va ne’mat bersa, «Meni Robbim ikrom qildi», deydir. وَأَمَّا إِذَا مَا ابْتَلَاهُ فَقَدَرَ عَلَيْهِ رِزْقَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَهَانَنِ 16. Bas, qachon Robbi sinash uchun rizqini tor qilib qo‘ysa, u: «Robbim meni xorladi», deydir.
Kishilarda boylik va kambag‘allik haqida noto‘g‘ri tushuncha bor. U ham bo‘lsa, boylikni Alloh tarafidan izzat-ikrom, Alloh roziligining alomati, yaxshi ko‘rgani uchun mol-dunyo berdi, deb e’tiqod qiladilar. Aksincha, kambag‘allikni esa Alloh tarafidan xo‘rlash, xush ko‘rmaganlik alomati, deb tasavvur qiladilar. Aslida esa undoq emas. Alloh taolo molu dunyo, boylikni yaxshi ko‘rgan bandasiga ham, yomon ko‘rgan bandasiga ham beraveradi, shuningdek, yaxshining ham, yomonning ham rizqini tor qilib qo‘yishi mumkin. Boylik Alloh taolo tarafidan bo‘lgan izzat-ikrom emas, balki imtihon — sinovdir, shuningdek, kambag‘allik ham. Sinovdan maqsad esa Alloh taologa itoat: banda boy bo‘lsa, shukr qilib, boylikni Alloh taolo ko‘rsatgan yo‘lga sarflaydimi, yo‘qmi? Yoki kambag‘al bo‘lsa, sabr qiladimi, yo‘qmi? ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
2) Avvalo, pulni u joyga qo‘ymaslik chorasini qiling. Alloh saqlasin, agar ish oxir-oqibat siz aytgandek bo‘lsa, ribo miqdorini savob umid qilmasdan sadaqa qilib yuborasizlar. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom