Islomiy moliyada mazhablarning ahamiyati
Assalomu alaykum! O‘zim Yaponiyada Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasida o‘qiyman. Islomiy iqtisodiyotga juda qiziqaman va Muhammad Taqi Usmoniyning Islom iqtisodiyoti haqidagi boshlang‘ich kitobini o‘qidim. U erda ma’lum bir tijorat shartlari uchun turli xil mazhab ulamolarining fiqhlari keltirilgan va yana qaysi fatvolar amalda qo‘llanilayotgani ham aytilgan. Bu tizim yangi bo‘lgani uchun, amaliyotda ayni bir mazhab ulamolarining fiqhidan kelib chiqib emas balki qaysi ulamolarning fatvolari amaliyotda qo‘llash oson bo‘lsa shu usul ko‘proq foydalanilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Hanafiy mazhabida ekanmiz, biz mana shu masalalarda qanday yo‘l tutishimiz lozim? Amalda ko‘proq qo‘llanilgani va ko‘plab islomiy iqtisod strukturalarida har hil mazhablardan olingan fatvolardan foydalanish qay darajada to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shar’iy ijtihod shartlarini o‘zlashtirib mujtahidlik maqomiga etmagan kishi har bir mazhabdan nafsi-havosi istagiga mos kelgan fatvoni olib, amal qilishi shariatda «talfiq» deyiladi. Soddaroq qilib aytganda talfiq ayni bemazhablikning o‘zginasidir.
Hozirgi paytda islom moliyasi va iqtisodiga taalluqli bazi masalalarda hanafiy ulamolardan ayrimlari ulamolar jamoasining umum fatvosi va ittifoqi bilan ayrim masalalarda boshqa mazhablarning ijtihodidan foydalanish joiz degan. Lekin bu o‘ta hassos masala bo‘lgani uchun bu ishni ulamolarga havola qilish lozim. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat