Dafn joyi

Assalomu alaykum! Odam bir viloyatda tug‘ilib o‘sib, boshqa viloyatga ko‘chib ketsa, vafot etganda ajdodlari, ota-bobolari dafn qilingan joyga dafn qilinishi kerakmi yoki yashab turgan joyigami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon bo‘lsa, musulmonlar qabristoniga ko‘milsa bo‘ldi. Ota-bobolari bilan bir qabristonda bo‘lishi shart degan gap yo‘q. Qolaversa, mayyitni vafot etgan eridan boshqa joyga olib borib ko‘mish joiz emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 17:32 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar