Qanday pulni to‘lasam bo‘ladi

Assalomu alaykum! Men bir paytlar yoshim kichkinaligida tog‘amni magazinida sotuvchi bo‘lib ishlaganman vaqtida magazindan pul o‘g‘irlaganman mana endi katta bo‘ldim xalol ishim bor xalol pul topyapman Alhamdulillah. Yoshligimda o‘g‘irlagan pullarim xarom ekanligini tushundim o‘g‘irlagan pullarimni taxminan hisoblasam 2million bo‘ladi shu pulni tog‘amga mana osha paytda sizni pulizni o‘g‘irlagan edim degani judayam uyalaman endi shu o‘g‘irlagan pullarimni tog‘amni nomidan birorta beva ayolgami savob umid qilmasdan exson qilsam to‘g‘rimi? Yoshim 23ga kirdi shu qilgan ishimdan judayam pushaymonman tavba qildim Alloh kechirsin vijdonim judayam qiynaladi. Iltimos menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘irlagan molni o‘z egasiga qaytarish shart. Uning nomidan ehson qilib yuborish ila haq ado bo‘lib qolmaydi. O‘z gunohiga iqror bo‘lib, insondan uzr so‘rash, nafsga o‘ta og‘ir kelishi bor gap, ammo gunohga mubtalo bo‘lgan odam bunga ham sabr qilishi lozim. Nima qilib bo‘lsa ham qarzingizni ado qiling. Alloh taolo bandasining gunohga pushaymon bo‘lgani, unga tavba qilgani, o‘zining azobidan qo‘rqib tark qilganini shunaday holatlar bilan sinaydi. Bu dunyodagi bir kishining oldidagi uyatli holat oxiratda butun insoniyat qarshisidagi sharmandagarchilikning oldida hech nima emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:05 | Savol-javoblar | 142 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar