Xonadoshimni xaqqini eyish bo‘lmaydimi?

Assalomu alaykum! Talabaman. Chet elda o‘qiyman. Bu erda talabalar yotoqxonasida 5kishi turamiz. Xamma narsa oziq ovqatlarni teng pul qo‘shib sotib olamiz. Savolim xonadoshlarim uxlayotgan payt yoki qaergadir ketganda kechki yoki tushlik ovqatini bitta qilib emasak faqat o‘zim uchun o‘sha birgalikda olingan maxsulotlarimizdan ishlatib ovqat qilib esam, ularni xaqini eb qo‘ygan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha mahsulotlarni sotib olganda, hamma bir-biri uchun ularni eyishni muboh qilgan bo‘lsa, ular yo‘q vaqtda o‘sha narsalarni tanovul qilsangiz bo‘ladi. Ammo faqat barchangiz dasturxonga to‘plangan paytgagina rozi bo‘lishsa, unday emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar