Shunaqa hadis bormi

Assalomu alaykum! Qaysidir (aniq esimda yoq) imom domladan eshitgandim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sahih hadis bor ekan, unda "Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: " Qiyomatda men Jannatga birinchi bo‘lib kiraman, Jannat darvozasining tutqichini ushlaganimda, bir ayol kelib Jannatga birinchi bo‘lib kirishlikni talashadi, shunda Men Jabroildan: "ey Jabroil bu ayol kim, nega birinchi bo‘lib kirishlikni talashyapti desam, U Jabroil:" bu tirikligida beva bo‘lib farzandlarining tarbiyasini o‘ylab boshqa turmush qurmagan, bolalariga yaxshi tarbiya bergan shuning uchun unga shunday martaba berildi" deb aytadi " deydi. Rostan ham shunday hadis bormi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu ma’noda zaif hadis mavjud.عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم :حَرَّمَ اللَّهُ عَلَى كُلِّ آدَمَيٍّ الْجَنَّةَ يَدْخُلُهَا قَبْلِي ، غَيْرَ أَنِّي أَنْظُرُ عَنْ يَمِينِي ، فَإِذَا امْرَأَةٌ تُبَادِرُنِي إِلَى بَابِ الْجَنَّةِ ، فَأَقُولُ : مَا لِهَذِهِ تُبَادِرُنِي ؟ فَيُقَالُ لِي : يَا مُحَمَّدُ ، هَذِهِ امْرَأَةٌ كَانَتْ حَسْنَاءَ جَمْلَاءَ ، وَكَانَ عَلَيْهَا يَتَامَى لَهَا ، فَصَبَرْتَ عَلَيْهِنَّ حَتَّى بَلَغَ أَمَرُهُنَّ الَّذِي بَلَغَ ؛ فَشَكَرَ اللَّهُ لَهَا ذَاكَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo insonlarga mendan avval jannatga kirishni man qilgan. Ammo o‘ng tarafimga qarasam, bir ayol jannat eshigiga mendan o‘zib ketmoqchi bo‘layotganini ko‘raman. Shunda deyman: “Bunga nima bo‘ldiki mendan o‘zib ketmoqchi?” Menga aytiladi: “Ey Muhammad, bu ayol chiroyli husn egasi edi. Uning etimlari bor bo‘lib, ular toinki ulg‘aygunlaricha sabr qildi. Bas, Alloh unga buning mukofotini berdi”. 
(Al-Xaroitiy “Makorimul axloq”da rivoyat qilgan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:48 | Savol-javoblar | 150 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar