Bomdoddan keyingi 4 maxal

Assalomu alaykum! Bomdod namozini qaysidir sababga ko‘ra o‘qimpy qolsa, qolgan 4 maxalni xam o‘qimaslik to‘g‘rimi? 5 ta qiz kvartirada yashaymiz. Bazida bomdodga uxlab qolsagu, peshin vaqtida namozga tayyorlansam, ular menga qarab "bomdodni o‘qimasam qolgan 4 maxalni o‘qigim kelmaydi" deyishdi. "Lekin ertalab nonushta kimasez, tushlik bilan kechgi ovqatni emaysizmi" desam. Xafa bo‘lib qolishdi nazarimda. 4 maxalni o‘qish kerak to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta to‘rt mahalni tark etish joiz emas. Namozni qazo qilish durust emas. Mabodo namozning vaqti chiqib ketsa darhol uning qazosini o‘qib olish kerak. Siz ularni chiroyli uslubda namozga chaqiring. Jerkish bilan emas. Ularga go‘zal o‘rnak bo‘ling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar