Tashmachilik
Assalomu alaykum! Meni onamga raddiya berip qo‘yishingizni so‘rab yozmoqdaman.Ular meni aytganimni qilishmayapdi. Ular shifoxonada ishlaydilar shprits va dorilar olip keladilar. Olip kelmang harom desam bazibir tashlab yuborishadi deydilar. Mana 8 9 yil bo‘ldi bellari og‘riydi grijalari bor bellarida, uyga dori olip kelsalar ukamlar yo men yoki kimdir kasal bo‘ladi. Uyimizda halovat yo‘q. Bu ishni meni nazarimda ko‘plab shifokorlar qilishsa kerak yoki o‘zi ishlab yurgan joyidan o‘g‘rilik qilib olip eydiganlar ham ko‘p. Sizdan iltimos qilib qolardim shu harom ekanligini tushintirib bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishchi o‘z ish joyidagi jihozlar, ish qurollari, asbob-uskunalar va shularga o‘xshash barcha narsalar uchun omonatdordir. Ular ish egasining mulki bo‘lib, o‘z xodimlariga ishonib topshirgandir. Ishchi ularni o‘z qoidasiga ko‘ra, ehtiyotkorlik bilan, mas’uliyat ila unga yuklatilgan ish vaqtida foydalanishi kerak. Agar beparvolik yoki ehtiyotsizlik bilan ularga talafot etkazsa, zararni qoplab berishi shart. Ishchi ushbularning biror biridan shaxsiy maqsadda foydalanishi halol emas. Shuningdek, ularning birortasini rahbariyat(mulk egasi)ning ruxsatisiz o‘ziniki qilib olishi, ishxonadan tashqariga olib chiqib ketishi mumkin emas. Bu o‘g‘irlik, mulkga tajovuz, o‘zgalar molini botil yo‘l bilan eyishdir. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar