O‘qish va turmush

Assalomu alaykum! Bir narsa meni ikkilantirayapti. Men xali turmushga chiqmagan bir qiz man, Allohdan xamisha qori insonni so‘ramoqdaman, lekin kim qanday bo‘lsa unga shunday yor uchraydi deyishadi, Allohga shukur Qur’on o‘qishni o‘rganmanu lekin sharoitim yo‘q madrasadak joylarda o‘qib qoriya bo‘lishga ota-onam xam bu narsaga boshqacha qarashadi o‘zing uchun o‘rgan bo‘ldi deydilar. Lekin qalbdan madrasada taxsil olib kelajakda yosh avlodga dars berish niyatim bor, xozirgi kunda yigitlar qori bo‘lish niyatida o‘qib yotganlar kelajakda faqat qoriyaga uylanimiz deyishayotgan ekan faqat qoriya bo‘lish kerak deb biz tomondan Qur’ondan dars beraydigan odam topishi murakkab lekin oz muncha bo‘lsada xarakat qilib o‘qay olaman butunlay to‘g‘ri chiqora olmasamda qiroatni, har safar siqilaman sharoitim bo‘lmadi madrasada o‘qishlikka chin dildan xozirgacha ilm olish uchun o‘qigan bo‘lar edim lekin imkonim yo‘q tushuntira olmayman xolatimni Allohga shukur diniy kitoblardan xozircha ilm o‘rganmoqdaman, Alloh barcha narsaga qodir xaqiqatdan xam Alloh men qoriya bo‘lmasam xam qori Allohga muxabbatli inson bo‘lgan odamni duoda xar doim qalbdan so‘rasam berarmikan, lekin ular faqat qoriyalarga uylanimiz deb niyat qilishgan lekin bizdeklarni kim tushunib ko‘nishadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Duo qilavering. Alloh taolo biror bandasiga yaxshilikni iroda qilsa duoga hojatini tushuradi. Banda duo qilgani, ojizligini O‘ziga izhor qilgani sari u zotga yaqinlashib boraveradi. Aynan shu holati u so‘rayotgan narsasidan afzal bo‘ladi. Lekin buni barcha ham tushuna olmaydi.DUOAlloh taolo bandalarining qilgan duolari yaxshi amaldir. Dunyoda qayta-qayta bir shaxsdan kichik-kichik narsalar so‘ralaversa, u qancha saxovatli bo‘lmasin oxir borib, norozi bo‘ladi. Lekin Alloh taolodan banda qancha ko‘p so‘rasa, U shuncha un(banda)dan xursand bo‘ladi.عَن أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَنْ لَمْ يَسْأَلْ اللَّهَ يَغْضَبْ عَلَيْهِAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Kim Alloh taolodan so‘ramasa, U Zot unga g‘azab qiladi”, dedilar”.
Duo maqsadni hosil qilish vositasigina emas, balki u bir mustaqil ibodatdir. Bu xoh o‘zi uchun bo‘lsin, xoh dunyoviy maqsad uchun bo‘lsin u ham ibodat hisoblanadi va unga savob etadi. Qancha ko‘p duo qilsa, shuncha Alloh taolo bilan aloqasi ziyoda bo‘lib boradi. Faqat mashaqqat yoki qiyinchilik vaqtda duo qilish zarur emas. Balki, xursand va mamnun vaqtlarda ham duo qilish lozimdir.عن أبي هريرة رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قال : قال رسولُ اللّه صلى اللّه عليه وسلم : " مَنْ سَرَّهُ أنْ يَسْتَجِيبَ اللَّهُ تَعالى لَهُ عنْدَ الشَّدَائِدِ وَالكُرَبِ فَلْيُكْثِرِ الدُّعاءَ في الرَّخاءِAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Kimni qiyinchilik va g‘am-g‘ussalar paytida Alloh uni ijobat qilishi masrur qilsa, oroyish paytida duoni ko‘paytirsin”, dedilar”.
عَنْ النعمان بن بشير رضي الله عنهما أن رسولَ الله صلى الله عليه وسلم قال: «الدعاء هو العبادة» ثم قرأ {وقال ربُّكمُ ادْعُونِي أسْتَجِبْ لَكُمْ ، إنَّ الّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عن عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ} [غافر:الآية 60] أخرجه الترمذيNu’mon ibn Bashiyr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhim vasallam:
“Duo ibodatdir”, dedilar va “Robbingiz: “Menga duo qiling sizni ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimda kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar”ni qiroat qildilar” 
(Termiziy rivoyati).
Alloh taolo Qur’oni karimda va’da qiladi: “Menga duo qiling sizga ijobat qilurman” (G‘ofir 60 oyat).
Alloh taoloning bu va’dasida xato bo‘lishi mumkin emas. Shu bois chin dildan duo qilish lozim va u albatta maqbul bo‘ladi. Duolarning qabul bo‘lish surati turli xildir. Ba’zi vaqtlarda o‘sha so‘ragan narsasi beriladi. Va ba’zi vaqtlarda u narsa Alloh taoloning ilmida banda uchun munosib yoki foyda beruvchi bo‘lmaydi. Bas, Alloh taolo undan yaxshi va foydali narsani dunyo yoki oxiratda ato qiladi. Shu tarzda har duoning uch foydasi bor:
1. Duo qabul bo‘lishi bilan murod hosil bo‘ladi;
2. Har duoga savob etadi;
3. Duo qancha ko‘p qilinsa, shuncha Alloh taolo bilan aloqa ortib boradi.
Duo qiluvchining odobiga qiblaga yuzlanish, qo‘lni ko‘tarish, til bilan qilish va eng birinchi hamdu sano va durudu sharif o‘qish kirsada, agar uni o‘rni bo‘lmasa, bas usiz ham duo qilish joizdir. Shuning uchun Alloh taolo duoni shunday oson qildiki, taqriban har vaqt va har joyda yurib, aylanib va ishlab turib ham so‘rash mumkin bo‘ladi. Agar til bilan so‘rash o‘rni bo‘lmasa (masalan, hojatxonada yoki boshqa joyda), bas qalbdan so‘rash ham mumkin bo‘ladi.
Duoda katta-katta narsalarni so‘rash zarur emas, balki o‘zining katta, kichik hojatlarini Alloh taolodan so‘rashi lozim. Bu shu darajadaki, hadislarda kelishicha, oyoq kiyimning tasmasi uzilsa ham, bas Alloh taolodan so‘ranglar (Termiziy).
Shu bois bu gapni odatga aylantirish lozimki, qachon juda kichik hojatga ro‘baro‘ kelsa, uni Alloh taolodan so‘rasin. Arzimagan biror mashaqqat bo‘lsa, uni ketkazishni ham Alloh taolodan so‘raladi. Shu tarzdaki, bolaga qachon bir muammo ro‘baro‘ kelsa yoki biror kichik mashaqqat etsa, u o‘z onasini chaqirgani kabi insonga ham biror tashvish kelsa, Alloh taoloni chaqirishi lozim bo‘ladi. Aylanib, yurib, turib, o‘tirib va ish qilib va har vaqt kichikdan kichik narsalarni Alloh taolodan so‘rashni odatga aylantirsa, Alloh xohlasa juda tez taraqqiy topadi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:48 | Savol-javoblar | 199 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar