Muoviya ibn Abu Sufyon aytgan fikr haqida

Dunyo Abu Bakrga boqmadi, Abu Bakr ham dunyoga boqmadi. Dunyo Umarga boqdi, ammo Umar unga qiyo tashlamadi. Biz esa dunyoga botib qoldik. Ushbu so‘zlarning muallifi (Muoviya ibn Abu Sufyon). Ushbu fikrda nima nazarda tutilgan? Ya’ni, dunyo Abu Bakrga boqdi, Umarga boqmadi deyilganda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Dunyoni bir xotin deb olinsa Abu Bakr baribir meni olmaydi deb dunyo sovchi ham bo‘lmadi. Umarga sovchi bo‘ldi, u esa qiyo boqmadi. Bu gaplardan ular mol dunyo to‘plagan emas degan gap mutlaqo noto‘g‘ri. G‘ayridinlar Islom ahliga Allohga eng muqarrab inson deb chulchut bir insonni obrazini taqdim qilishga harakat qilishadi. Ular eng muqarrab inson qo‘lida hech vaqosi yo‘q, soch soqoli paxmaygan, yirtiq yaamoq kiyim kiyadigan, odamlar bilan murosa qilmaydigan, bir burchakda o‘tirib faqat ibodat qilib, o‘zgalarga boqimanda bo‘lgan, odamlarni duo qilishi evaziga beradiganiga tirikchilik qiladigan shaxsni maqtab ko‘rsatishga harakat qilishadi. Tirikligida jannatiyligi bashorat qilingan 10 sahobaning 7tasi va oxirida qolgan hammalari misli ko‘rilmagan darajada boy bo‘lganlar. Abu Bakr Siddiq. Nihoyatda katta tijoratchi va Islom rivojiga mollari bilan misli ko‘rilmagan foyda keltirgan shaxs. Hazrati Usmon, hozirgi kunga taqqoslaganda milarder inson bo‘lganlar. Aburrohman ibn Avf u zot ham asharai mubashsharaning bittasi bo‘lganlar. U kishi multimiliarder bo‘lganlar, Alloh barchalaridan rozi bo‘lsin. Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh “Taroshe” kitobida sakkizta sahobiy 32 ming qul ozod qilganlarini yozganlar. Qolgan 124.000 sahobiyni tasavvur qilib ko‘ravering. Ular bilan boshqalarning o‘rtasida ajralib turadigan narsa bittadir, ular rosa dunyoni topishdi, rosa sarflashdi, lekin dunyoga zarracha muhabbat qilishmadi. Ya’ni dunyoga uylanishmadi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:01 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar