Oshiqcha yoqilg‘i

Assalomu alaykum! Meni xususiy traktorim bor. Men fermer va dexkonlarni tomorqa va erlarida ishlayman. Men traktorda erlariga mineral o‘g‘it sepgani borsam bir gektariga 3-litr yoqilg‘i va 25.000 so‘m pul berasiz deb kelishamiz. Lekin bir gektariga 1.5litr yoqilg‘i ketadi, qolgani o‘zimga qoladi. Dexqon xam buni biladi chunki 25.000 so‘m bergan puli qoplamaydi. Ko‘proq pul bergani ko‘nmaydi(dexqon). Shu qolgan yoqilg‘i menga xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yoqilg‘i sizning ish haqingiz deb kelishilsa, barchasi sizniki. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 138 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar