Nasiyaga tillo sotish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar man tillo savdosi bilan shug‘ullanaman bazi mijozlarga nasiyagayam beraman masalan 1grni 42-43$ dan 10-15kunga beraman Bugun nasiya savdo haqida maruza eshitib qoldim tillani nasiya savdosi joiz mas degan demak mani shu xolatda ishlashim shariyaga xilof bo‘lsa nasiyaga oladigan mijozlarimni vakil sifatida sotuvchi qilib manga 10-15kunda sotib pulini bo‘shatib berin deb berishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tilla va kumushni nasiyaga sotish mumkin emas. Bunga yo‘l yo‘q. Siz tilla va kumush buyumlaringizni sotib berish uchun boshqa bir shaxsni (masalan do‘konchi yoki zargarni) vakil qilishingiz mumkin. Ammo bu vakil ham tilla va kumushni faqat naqdga sotib beradi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 191 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar