Islomdan chiqib qolishdan qattiq qo‘rqyapman

Men avval “Allohim agar yana shu gunohni qilsam kofir bo‘lay” deb behosdan tilim bilan emas ichimda aytib yuborgan edim. Shu haqida savol bergan edim. Siz “qasamning kafforati lozim” degan edingiz. Bandachilik yana shu gunohni takrorlab qo‘ydim. Mening yoshim 25 da, hali uylanmaganman, uylansam shu gunohdan to‘xtarman insha Allah. To‘g‘risi meni fikru xayolimda oxirat ishi, oxiratim nima bo‘lar ekan deb ko‘p qayg‘uraman, Allohning azobini ko‘z bilan ko‘rgandek qattiq qo‘rqib yig‘layman. Axir men uchun hayotni qizig‘i Islom dinida bo‘lib yashash. Axir Alloh bizni qalbimizga qaraydiku. Nima qilay, maslahat bering iltimos hazrat. Inson dunyoda musulmon bo‘lmay yashashni nima keragi bor?! Nahotki fukru zikrim Allohda bo‘la turib dindan chiqib qolsam, deb qattiq qo‘rqyapman. Allohdan namozlarimda kofir bo‘lib qolishdan panoh tilab duolar qilaman. Allohim barchamizni kechirsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qo‘qmang, hammasi Alloh taolo xohlasa, yaxshi bo‘ladi. Istig‘forni ko‘p ayting. Ibodatlarni vaqtida bajaring. Diniy kitoblarni ko‘p o‘qing. Solih kishilar bilan suhbatdosh bo‘ling.

26 May 2022, 19:09 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar