Maxrni qaytarib olsa xam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im arzimas sabablar tufayli men bilan tortishib qoldi. Nikox uzukni menga maxr qilib bergan edi. Meni jazolash maqsadida menga maxr qilib bergan uzukni turmush o‘rtog‘im mendan tortib oldi. Savolim shundaki erkak ayoliga bergan maxrni qaytarib olsa, islomiy tomonlama nima bo‘ladi, maxrni qaytarib olsa xam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahr bu ayolning shaxsiy haqqi. Undan ayolning eri tugul ota-onasining ham haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar