Kunlik ishlar
Assalomu alaykum! Men xozirda Korea Respublikasidaman. Bu erda kunlik ishlarga chiqib tirikchilik qilib, yashab va uyga pul junataman. Kunlik ishlarga esa bu erda kunlik ishlarga jónatadigon ofislar bor. Biz shu ofislarga kelsak, ofis boshlig‘i bizni ishlarga jo‘natadi. Lekin bu ofislar esa, bazilari biz ishlagan bir kunlik ishlagan haqqimizdan 10% yoki 10,000 von ushlab qoladi. Masalan. Men bir kunga 130.000 vonlik ishga chiqib ishlab kelsab, o‘sha kunlik ish haqqimdan 10% ya’ni 13000 von ushlab qolib, qo‘limga 117000 von beradi, yoki aksincha ishlagan ish haqqimdan 10 ming (ba’zilari 5000 von ) olib qolib 120.000 ₩ von beradi. Men o‘ylab qolaman, ishlagan ish haqqimdan foiz berib sudxo‘rlikga yo‘l qo‘ymadimmikin deb lekin, shu ofislarni bizni ishlagan ish haqqimizdan olib qoladigon shu 10% yoki 10.000 von ni bermasam O‘sha ofis boshlig‘idan qarzdor bo‘lib qolmaymanmi? Agar berishim joiz bo‘lsa, eslolmagan kunlarimni taxminiy hisoblab oshig‘i bilan berib qo‘ysam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ofis ish boshida sizga ish topib bergani uchun bir martalik sizdan falon foizini olib qolamiz deb kelishgan bo‘lsa joiz. Bermagan kunlaringizni berib qo‘ying. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 00:35 | Savol-javoblar | 201 | Turli savollar