Go‘sht puliga hisoblab to‘yona berish
Assalomu alaykum! To‘ylarda qarindoshlar do‘st birodarlar qo‘ni qo‘shnilar o‘zaro kelishib go‘sht puliga hisoblab pul yig‘ib berishsa shu joizmi? Masalan hozirgi kunda 1 kg mol go‘shti narxi 70.000 so‘m bo‘lsa 10 kgmi 700.000 so‘m bo‘ladi shu 700.000 so‘mni to‘yona qilib bersam va keyingi gal man to‘y qilsam o‘shanda 1kg go‘sht narxi mabodo 80.000 so‘m bo‘lsa 10 kgmi 800.000 so‘m bo‘ladi shu 800.000 so‘mni manga to‘yona qilib berishi kerak bo‘ladi. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘yona qarzmi yoki hadya?Hozirgi kunda jamiyatimizda turli xil rasm-rusmlar qaerdadir keng, qaerdadir tor doiralarda tarqaldi. Ulardan biri to‘yonadir. Bu ham xozirga kunda rasmiyatchilikka aylangan. To‘yona aslida shari’atimizda berilgan hadya qatoriga kiradi. Lekin, xozirgi kunga kelib, uni hadya deb nomlagandan ko‘ra “Qarz” deb atashga loyiq bo‘lib qoldi. Chunki, uni deb beruvchining ismi, o‘sha narsaning nimaligi va miqdorining qanchaligini yozib qo‘yadigan "jurnal" tutiladigan bo‘ldi.Beruvchilar biror to‘y yoki marosim qilsalar undan to‘yona olganlar jurnaliga qarab, “Bizga nima bergan edi, shunga qarab biz ham berishimiz shart” deydigan bo‘lishdi. Ba’zi joylarda “oldi”ning “berdi”si qilinmasa, o‘rtaga sovuqchilik tushishiga ham sabab bo‘ladigan xafagarchiliklar yuzaga keldi. Bunday to‘yona sovg‘ani shariatimizda hadya deb bo‘lmaydi. Balki buning hukmi qarzdir. Gohida beruvchilar berganidan ortiqrog‘ini ham umid qiladilar va “Bizga ham shunday yoki hech bo‘lmasa yaxshirog‘ini qilib keladi” deb umid qiladilar. Shu umid bilan berilgan to‘yona Alloh ta’oloning kalomida kelgan :وَمَا آتَيْتُم مِّن رِّبًا لِّيَرْبُوَ فِي أَمْوَالِ النَّاسِ فَلَا يَرْبُو عِندَ اللَّهِ وَمَا آتَيْتُم مِّن زَكَاةٍ تُرِيدُونَ وَجْهَ اللَّهِ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُضْعِفُونَOdamlarning mollari ichida ziyoda bo‘lsin deb, ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda bo‘lmas. Allohning yuzini ko‘zlab bergan zakotingiz esa, bas, ana o‘shalar bir necha barobar qilib oluvchilardir. (Rum 39-oyat) dagi sudxo‘rlik sarasiga kirib qoladi. Bundan kelib chiqadiki, to‘y yoki marosim qilgan kishi to‘yona yoki sovg‘a beruvchilardan qarzdor bo‘lib qolishligiga shak-shubha yo‘q. Chunki, barcha qarindosh-urug‘lar, yaqinlaridan birortasining to‘yini eshitsa “Unga falon narsa berishimiz bor” deb qo‘yishadi. Bunday holatda to‘y qilgan odam bir necha kishidan qarzdorga aylanib qolib, mabodo to‘yona berganlar to‘y yoki marosim qilmasa yoki o‘sha olgan odam vafot qilsa zimmasida qarz bilan vafot etgan bo‘ladi. Bunday bo‘lsa o‘sha odam vafotidan oldin farzandlariga o‘sha olgan to‘yonalarini to‘lashni vasiyat qilishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun, biror kishi hadya berayotgan vaqtida, dilida oluvchining xursandchiligiga sherik bo‘lish, silai rahm, Alloh ta’oloning roziligi va hadyaning savobini niyat qilib berishi kerak. “Bizga ham bir kun qilib keladida” degan fikrni yoki riyoni maqsad qilmasligi kerak.Beruvchi qaysi biridan bo‘lib qolganligini qaerdan biladi?Beruvchi hadyasidan murod, Alloh ta’oloning roziligi yoki evaz qasd qilganligini bilishning yo‘li, hadya beruvchi hadya oluvchidan rahmat aytishini kutsa yoki “Bizning xonadonda ham biror yig‘in bo‘lsa bizga ham qilib keladi” degan umidi bo‘lsa, mabodo shunday olib kelmasa “Bizga xech narsa bermadi yoki kam berdi” desa, berishda, Alloh taoloning roziligi emas, balki evaz qasd qilingan bo‘ladi. Agar hadya berganidan keyin rahmat kutmasa, hayolida “Bizga ham qilib keladida” degan gap bo‘lmasa, “Alloh ta’olo bizni ham beruvchilarda qilib qo‘yibdi, shuning shukri, qarindosh-urug‘chilikning xursandchiligi” desa, undan biror narsani qaytishini kutmasa, bu Alloh ta’oloning roziligi uchun berilganligining alomatidir. Bunday hadyada beruvchiga ham oluvchiga ham baraka bor.Umidvor bo‘lgan hadyada baraka yo‘qdirHadislarda : Bir kishi kimdandir hadya umid qilsa, unga muntazir bo‘lsa unday hadyada baraka bo‘lmasligini aytilgan. Shuningdek agar Alloh ta’olo biror bandasining qalbiga muhabbat solib hadya bersa, oluvchi undan kutmagan bo‘lsa, bunday hadyada baraka bo‘lishligi ham aytilgan.Bir ulug‘ zotning voqeasi Allohning do‘stlaridan bo‘lgan bir darvesh bo‘lar edi. Odatda Alloh ta’olo O‘zining do‘stlarini qattiq imtihon qiladi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam “أشد الناس بلاءًا لأنبياء ، ثم الا” ya’ni, “Imtihonning eng qattig‘i payg‘ambarlarga, so‘ng ularga yaqinlarga bo‘ladi” – deganlar. Imom Buxoriyning hayotlaridan, Umar ibni Hafs Ushtur aytadilar : imom Buxoriy Basra mashoyixlaridan hadis ilmini olish uchun Basraga keldi. Bir necha kun o‘tgach imom Buxoriy darsga qatnashmadilar. U kishi bir kun kelmadilar, ikki kun kelmadilar, sheriklari “U kishi bunday qilish mumkin emas. Bemor yoki biror hodisa bo‘lgan bo‘lsa kerak” deb turar joylariga borishdi. Ma’lum bo‘lishicha imom Buxoriyning bir qator kiyimlari bo‘lib, yuvilaverganidan avratni yopishga kifoya qilmaydigan bo‘lib qolgan ekan. Shuning uchun darsga bora olmayotgan ekanlar. Sheriklari kiyim topib o‘zlari bilan olib ketishdi.Yuqoridagi darveshga ham Alloh ta’oloning imtihoni bo‘lib, yo‘qchilik boshiga tushdi. Va’az qilish mobaynida holi nochor, ovozi past holatda edi. Shogirdlaridan biri holatni tushinib, majlisdan turib ketdi. Majlis tugagach shogirdi qo‘lida taom ko‘tarib keldi, darvesh taomni ko‘rgach bir oz o‘ylanib qoldi va “Qaytarib olib ketaver qabul qilmayman” dedi. Murid shayxni komil inson ekanligi, qabul qilmasligi behikmat emas, takalluf ham emas deb o‘ylab taomni qaytarib olib ketdi. Biroz muddat o‘tgach yana qaytarib olib keldi, shayx qabul qilib tanavvul qildi. Shunda shogird hayron bo‘lib turganida shayx “Sen holimni ko‘rib turib ketganingda nega turganingni bildim va taom keltirishinga umidvor bo‘ldim. Toamni keltirganingda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning “Umidvor bo‘lingan hadyada baraka yo‘q” degan hadislarini o‘ylab, uni rad qildim. Sen qaytib ketgach o‘sha umidim uzildi. Keyingi olib kelganingda o‘sha umid bo‘lmaganligi uchun qabul qildim. Shuning uchun tama’, umidvorlik, riyolardan biri bo‘lsa hadyaning barakasini o‘chiradi - degan ekan. Vallohu a’lam!
2 Avgust 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar