Ishchi haqqi

Assalomu alaykum! Hozirda hususiy ish beruvchilar ishchilar bilan shartroma qilishda bayram kuni dam kunlari ishlashga kelishib olishadi. Evaziga ishchi qo‘shimcha manfaat omidi. Shariat bo‘yicha balkim, kelishuvga binoan bu to‘g‘ridir. Lekin ishchi bayram kuni ishlab ko‘shimcha pul olmasligi noinsoflikmasmi. Ayrimlar faqat hayit kuni dam beradi, mustaqillik va boshqa bayramlarda ishga chiqarishadi. Evaziga har doimgidek maosh olishadi. Lekin O‘zbekistonda bayram kunlari ishlansa qo‘shimcha pul to‘lanishi kerakku. Savolim, ishchi haqqi eyilmayaptimi? Yoki kelishuv shu deb, nima ham derdikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish beruvchi bilan ishchi orasidagi kelishuvga bog‘liq. Kelishuv vaqtida shariatga zid bo‘lmagan halol ishda o‘z xohishi bilan kelishgan bo‘lsa, zarari yo‘q. Ishchining haqi eyilmayapti. Rozi bo‘lmasa hech kim majburlamaydi. Kelishuvda bo‘lmasa ham, ba’zi munosabatlar bilan ishchilarga dam berishish beruvchilar tarafidan muruvvat qilish bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar