Maslixat

Assalomu alaykum! Qarz olganman olganimcha in sha Alloh falon kuni qaytaraman deb olganman. Ba’zi sabablarga ko‘ra qaytarolmadim, lekin qaytarishga xarakat qilyapman. Olgan pulimni xammasini berolmadim. 3-4 bo‘lib beryapman, u kishi norozi bo‘lyapti. Men omonatga xiyonat qilgan bo‘lamanmi? Men xarakat qilyapman qarzni berishga birovni xaqqi xarom ekanligini yaxshi bilaman. Lekin vaqtiga qaytarib berolmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzni ma’lum muddatda qaytarishga va’da bergan bo‘lsangiz va’dangizga vafo qilishingiz vojibdir. Agar uni buzsangiz gunohkor bo‘lasiz. Talab qilinganda qarzdor pulni to‘lashga qodir bo‘la turib uni uzmasa zulm qilayotgan bo‘ladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Boyning 
(qarzni) kechiktirishi zulmdir...” (Buxoriy rivoyati).
Alloh taolo banda va o‘zi o‘rtasida bo‘lgan gunohlarni kechirib yuborishi mumkin. Lekin bandaning boshqa bandalarga qilgan zulmini, ularning qolib ketgan haqlarini, shu jumladan qarzlarini kechirmaydi. Shunday ekan, qarzdor inson tamomila jiddu-jahdini qarzni uzishga qaratishi zarur.  Qarzni insonning qo‘shimcha ehtiyojlaridan yuqori turishi kerak. Ortiqcha sarf-harajatlarni to‘xtatib, uning o‘rniga oz-mozdan bo‘lsa ham mablag‘ yig‘ib qarzni uzishga yo‘naltirishi shart. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar