Salafiy imomga iqtido

Assalomu alaykum! 1. Men rossiyadaman,men turgan shaxar imomi salafiy bolsa juma namozini iqtido qilib o‘qisam bo‘ladimi, namozni bizning mazxabimizdagidek o‘kiydilar faqat Fotixadan keyin aminni jamoat birgalikda ovoz chiqarib jo‘r bolib aytishadi mening iqtidoim joizmi. 2. Agar maxsida bir barmoq kattaligida teshik bolsa unga masx tortib namoz o‘qishlik joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar paypoqqa mash tortadigan bo‘lsa iqtido qilmang.2). Mahsidagi yirtiq oyoqning kichik barmoqlaridan uchtasi ko‘rinadigan miqdorda bo‘lsa unga mash tortib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar