Otasini o‘gay aka ukasidani rashq qilishi to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Savolni bir tanishim bergan edi, axmoqqa o‘xshab men savoliga bilib bilmasdan aljirab javob berib tashlabman. Shuning uchun sizlardan aniq javobni olib u tanishimga tashlamoqchiman Xudo xoxlasa Savol : Bir bolani otasi kichkinaligida tashlab ketgan va boshqa ayolga uylanib farzandli bo‘lib xozirda yashamoqda u bola esa otasini kichinaligan yaxshi ko‘radi xozir xam 2-oilasidan bo‘lgan farzandlaridan otasini rashq qilib qizg‘onadi. Ukalari xam bundan otasini qizg‘onadi, otasi esa ukalariga mexir bergan u bola jannatda otasi bilan birga bo‘lishni qattiq xoxlaydi. Savoli jannatda xam otam bilan birga bo‘la olamanmi va ukalarim otami o‘shanda xam mendan rashq qilmaydimi deb savol berdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh hammamizni ahli jannat bo‘lishmizni nasib qilsin, buning uchun Alloh aytgan ishlarni qilib qaytarganlaridan qaytishimiz va jannatiga doxil qilishini doim duo qilib so‘rashimiz kerak. Savolingizga kelsak jannatda inson o‘zini rashk, hasad, yomon ko‘rish kabi yoqimsiz odat va hislaridan xoli bo‘ladi. U erda odam bolasining ko‘zi ko‘rib qo‘log‘i eshitmagan xatto hayoliga ham kelmagan rohat farog‘at bordir, shundan kelib chiqib siz aytayotgan yaxshi ko‘rgan otangiz onangiz yoki boshqa insonlar ahli jannat bo‘lishsa albatta birga bo‘ladilar va boshqa yaqinlari ham birga bo‘lishlari mumkin albatta hech kim hech kimga hasad ham qilmaydi noqulaylik ham keltirmaydi... Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush