Silai rahm qilmagan yigit haqida

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz (S.A.V) sahobalar bilan qabristonning oldidan o‘tib ketayotib bir qabrga daraxtning novdasini qo‘ydilar. Shu qabrdagi odam qabrda azoblanyabti, shu novda so‘liguncha azobi engillab turadi dedilar. Sahobalar bu odam qanday gunoh qilgan deb payg‘ambarimizdan so‘rasalar: Bu yigitning butun tanasi yonyabti faqatgina o‘ng qo‘li yonmayabti deyishdi. Sababi: u opa-singillaridan xabar olmagan. Bir kuni bir do‘sti bilan ketayotib shu ko‘chada mening opam yashaydi deb, o‘ng qo‘li bilan ko‘rsatgani uchun o‘ng qo‘li yonmayabti. Shunchaki ko‘rsatib qo‘ygani uchun Alloh o‘ng qo‘lini azobdan qutqardi. Ikki dona non olib borib ko‘rganda butun tanasi azobdan qutilgan bo‘lardi dedilar. Hurmatli ustozlar shunday hadis bormi? Agar mavjud bo‘lsa bu o‘sha hadisning asl ko‘rinishimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday lafzdagi hadis topilmadi. Imom Buxoriy rivoyatida hadis quyidagicha: عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَمَرَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِحَائِطٍ مِنْ حِيطَانِ الْمَدِينَةِ أَوْ مَكَّةَ، فَسَمِعَ صَوْتَ إِنْسَانَيْنِ يُعَذَّبَانِ فِي قُبُورِهِمَا، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يُعَذَّبَانِ، وَمَا يُعَذَّبَانِ فِي كَبِيرٍ»، ثُمَّ قَالَ: «بَلَى، كَانَ أَحَدُهُمَا لَا يَسْتَتِرُ مِنْ بَوْلِهِ، وَكَانَ الْآخَرُ يَمْشِي بِالنَّمِيمَةِ». ثُمَّ دَعَا بِجَرِيدَةٍ فَكَسَرَهَا كِسْرَتَيْنِ، فَوَضَعَ عَلَى كُلِّ قَبْرٍ مِنْهُمَا كِسْرَةًفَقِيلَ لَهُيَا رَسُولَ اللهِ، لِمَ فَعَلْتَ هَذَا؟ قَالَلَعَلَّهُ أَنْ يُخَفَّفَ عَنْهُمَا مَا لَمْ تَيْبَسَا أَوْ إِلَى أَنْ يَيْبَسَاIbn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madina [yoki Makka] chorbog‘larining biri yonidan o‘tayotib, qabrida azoblanayotgan ikki odamning ovozini eshitdilar. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ikkovi azoblanmoqda, holbuki, katta narsa sababli azoblanishayotgani yo‘q», dedilar. Keyin: «Ha, biri peshobidan ehtiyotlanmas, ikkinchisi esa chaqimchilik qilib yurar edi», dedilar. So‘ngra xurmo novdasi keltirishni so‘radilar. Keyin uni ikkiga bo‘lib, har ikki qabrga bir bo‘lakdan sanchib qo‘ydilar. Shunda u zotga: «Ey Allohning Rasuli, buni nima uchun qildingiz?» deyildi. «Shoyad, bular qurimaguncha [yoki to bular qurigunicha] ulardan (azob) engillatib turilsa», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 165 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar