Totalizator bilan hamkorlik

Assalomu alaykum! 2-3 yil oldin yoshlik qilib, hozirgi kundagi yoshlarni o‘z domiga toratoyotgan onlayn qimor - totalizator bilan hamkorlik qilganman. Unga ko‘ra men insonlarga o‘sha qimorni dav’at qilishim va ularni yutqazgan pulidan menga ulush berilar edi. Bu ish bilan ma’lum muddat shug‘ullanib, bularning barchasi harom ishlar ekanligini tushunib etdim va bu yo‘ldan qaytdim. Lekin hamkorlik saqlanib qoldi. Hozir men hech narsa qilmasam ham, menga o‘sha men orqali kirgan insonlarning yutqazgan pullaridan ulush tushib turadi. 1-Savolim. Men shu pullarni savobidan umid qilmagan holda, o‘sha yutqazgan insonlar nomidan ehson qilsam bo‘ladimi yoki u hamkorlikni o‘chirib yuboraymi? Agar o‘chirib yuborsam ham u yoqdan pul kelib turaveradi. 2-Savolim. Birinchi hamkorlikni boshlagan paytlarimda o‘sha harom pulni o‘zimga ishlatib qo‘yganman. Endi ularni egasini rozi qilishim kerak. Lekin ularni kimligini ham bilmayman. Qiyomatda o‘sha insonlardan qarz bo‘lib qolmasligim uchun hozir qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Egalariga qaytarib bering.2). O‘sha pul egalarini topib, qaytarib bering. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar