Xatning hukmi so‘z kabimi?
Assalomu alaykum! Bir tanishim "xatning hukmi so‘z kabi", ya’ni "xatda yozilgan so‘zlarga til bilan gapirgandek javob berar ekanmiz" dedi. Bu haqida qanday hadislar kelgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir hukm uchun alohida hadis vorid bo‘lishi lozim emas. Fiqhda siz yuqorida aytgandek qoida mavjud. Unga ko‘ra kishi yozgan yozuvida qalamni mashq qilishlik, yoki yozishni o‘rganishlik kabi boshqa narsalarni niyat qilmagan bo‘lsa, huddi ularni nutq qilgandek e’tiborga olinadi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam turli shaxslarga maktub orqali xitob qilganlari ma’lum va mashhurdir. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar