Buyum haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni onamlar turmushga chiqishimdan oldin olib bergan (o‘z pulimga olganim ham bor) va sovg‘a sep qilib bergan tilla taqinchoqlarimning ko‘p qismi Rossiyadagi lombardlardan sotib olingan. U erda vaqtida to‘lov qila olmaganlarning tilla buyumlari sotilishi hammaga ma’lum. Lekin endi o‘ylanib qoldim. Savolim 1-bu buyumlar o‘z pulimizga olganligimiz uchun bizga halolmi? O‘sha paytda ilmimiz yo‘q edi.
2-savol agar mobodo halol bo‘lmasa men o‘sha buyumni sotib puliga diniy, adabiy kitoblardan olib o‘qisam menga manfaatsiz bo‘lmaydimi?(ya’ni nopok pulga aylangan narsaga kitob olib ilm olmoqchi bo‘sam va farzandlarimga qoldirsam menga ajri bormi demoqchiman).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Lombardchilarning ishi shariatga yuz foiz zid. Ammo ular sotib olib, qo‘lida mulk bo‘lib turgan narsani nopok yo‘l bilan qo‘lga kiritgan bo‘lsalarda, ulardan sotib olish joiz, karohiyatdan holi emas. 2). Sizni mulkingiz nima qilsangiz o‘zingiz bilasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar