Havoriylar haqida
Assalomu alaykum! Savolim havoriylarning taqdiri haqida. Meni bilishimcha, ular 12 kishi bo‘lgan va 1 tasi xoin bo‘lgan. Bir manbada Iso alayhissalom osmonga ko‘tarilgandan so‘ng, hoyin Yahudo Iso alayhissalomni ko‘rinishiga kirib qolgan va yahudiylar uni bu Iso deb xochga osib o‘ldirishgan ishonchliroq boshqa manbada esa ularni ichida eng yoshi Iso alayhissalom ko‘rinishida bo‘lib shahid bo‘lishni ahd qiladi. Bu qarashlarning qaysi biri to‘g‘ri? Yoki bularda bog‘liqlik bormi? 2) Iso alayhissalomdan keyin boshqa havoriylarning taqdiri nima bo‘ladi? Ya’ni hozirgi hristianlar ulardan ta’lim olishganmi? Yoki ular imonli hollarida vafot etishganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom manbaalarida siz keltirgan ikki rivoyatlar bor, lekin ikkisi ham sahih emas. Bir rivoyatda siz aytgandek Alloh taolo Yaxudo xoinni Iyso alayhissalomning qiyofalariga kirgazib qo‘yadi va osib o‘ldiriladi deyilgan. Boshqa bir rivoyatda xuddi shunday o‘zini qurbonlikka keltiradi. Ya’ni Iyso alayhissalom “Kim mani qiyofamga kirib vafot etishga rozi bo‘lsa men unga jannatni va’da qilman” deydilar va bir kishi turib(eng yoshi deyilgan) rozi bo‘ladi va o‘sha osib o‘ldiriladi deyilgan. Hozirgi yaqindagi injilshunos musulmon olimlar boshqa bir voqe’ani ham o‘rtaga tashlashmoqda. Unga e’tiboran Iyso alayhissalom o‘zlari xochga mixlanganlar, lekin vafot etmaganlar. O‘sha xochdan tushirib olingandan keyin Alloh taolo huzuriga olgan degan voqe’ani ham oldiga surishmoqda. Alalmuhim ularni birortasi ham sahih biror ishonchli manbaadan kelgan emas. Ya’ni bular Qur’onda ham sahih hadislarda ham kelmagan. Biz musulmon sifatida e’tiqod qilishimiz kerak bo‘lgan narsa shuki, Iyso alayhissalom vafot etmaganlar, u zotni Alloh taolo o‘z huzuriga olgan va qiyomatga yaqin yana qaytadilar. Mana shu bizni e’tiqodimiz bo‘lishi kerak. Undan uyog‘lari ular isroilyotdan kelganva boshqa bir manbaalardan kelgan so‘zlar bo‘lib, ularni biz tasdiqlamaymiz ham yolg‘onga ham chiqarmaymiz. 2). Iyso alayhissalomdan keyin barcha havoriylari u zotning izlaridan borib dinni tarqatish harakatida bo‘lganlar, da’vat qilganlar. Bu ishda ular sobitqadam bo‘lganlar va barchalari shahid bo‘lganlar. Ba’zilari Ierusalim(Quddus)da va ba’zilari paytaxt Rimda bo‘lishgan. Hozirgi xristianlarga keladigan bo‘lsak ular barchalari buzilgan va o‘zgartirishlar kiritilgan dinning ta’limotini olishmoqda. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 10:40 | Savol-javoblar | 144 | Siyrat va tarix