Qaysi kitobni o‘qishni tavsiya qilsam bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Bir yaqin dugonam menga yaqinda bir savol berdi "xayotga mexr bermay, faqat ibot qilib, sabr qilib, o‘yin-kulguni qilmasdan yashash kerak bo‘lsa nima unda bizlarga bu narsalar berilgan va nimaga umuman biz insonlar dunyoga keldik?" deb so‘radi. Bu savolga javobni o‘zim bilaman, lekin unga go‘zalroq qilib, aniq bir manbaga asoslanib javob bergim keldi(afsuski o‘zimni ilmim zxali bunchalik chuqur va ko‘p emas, ko‘p adabiyotlarni xali o‘qishga ulgarmadim). Shuning uchun sizlardan iltimosim shuki unga, shu savollariga javob topishi uchun, biron bir adabiyotni tavsiya qilishimga yordam bersangiz(iloji bo‘lsa rus tilida)!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hazrat rahimahullohning “Eto vera” va “Iman” kitoblarini tavsiya qiling. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 03:19 | Savol-javoblar | 211 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar