Namozimni yotgan xolatda davom ettirsam

Assalomu alaykum! Men mana 2 kun bo‘ldi (orqa peshovni o‘ng yonida yiringli yara sababli) aperatsiya bo‘ldim. Alhamdulillah namozimni o‘qib kelyatodim. Bundan keyin doktorlar 1 oy o‘trmay turishni aytishdi. Shu xolda men namozimni yotgan xolatda davom etrsam bo‘ladimi? Operatsiya joyidan 20-25 kun orasida suv kelib turarkan bundan xolatda taxoratimni tartibi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanday o‘qishga qodir bo‘lsangiz o‘shandek o‘qing. Namozni qoldirishga hech qanday uzr yo‘q. Suv kelib turishi uzr sohibi hisoblanib ular kabi tahorat qilib namoz o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar