Iltimos, hazrat tushuntirib bering
Assalomu alaykum, muhtaram hazrat!Savolim noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman! Bu holat talabaligimdan boshlangan, o‘shanda uzoq bir qarindoshimizni uyida ijarada turar edik, dugonam bilan birga. (U erni bosh egasi bedarak yo‘qolgan ekan). Kechasi meni bir qora narsa bo‘g‘a boshladi, bu holat uch-to‘rt marta takrorlandi. Har zamonda Qur’on o‘qib turardim, bilmadim balki uni o‘qishda hatolikka yo‘l qo‘yganim uchunmikan... U erdan yotoqxonaga ko‘chib o‘tdim, shu bilan bu holat takrorlanmadi.Keyin yangi kelin bo‘lganimda bir kun sahar xo‘jayinimni aeroportga kuzatib bo‘lib biroz yana dam olmoqchi bo‘ldim, yana o‘sha narsa bo‘g‘a boshladi. Tilim qurib tomog‘imga yopishib qoladi, huddi hozir (tavba qildim) jonim chiqadiganga o‘xshaydi. Bir-ikki marta domla qiroat o‘qidi, shu bilan yana ancha takrorlanmadi.Kuni kecha yana shu holat sodir bo‘ldi, qimirlay deyman, lekin butun badanim qotib qolgan, ovozim ham chiqmaydi, oxirida huddi o‘layotganga o‘xshaymanu, shunda uyg‘onaman. Iltimos, Hazrat nima uchun menda bunaqa holat bo‘ladi tushuntirib bering. Bunaqa bo‘lmasligi uchun nima qilishim kerak? Juda qo‘rqyapman... Buni o‘sha ijarada turgan uyimizga aloqasi bormikan deb ham o‘ylab qolaman, chunki o‘shandan boshlangan.Vaqtingizni ajratganingiz uchun rahmat, javobingizni intizorlik bilan kutib qolaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buning qo‘rqadigan joyi yo‘q. Ko‘pchilikda bo‘lib turadi. Odamlar bu holatni “bosinqirash” deydilar. Siz Fotiha, “Qul” so‘zi bilan boshlanadigan to‘rt surani va oyatul kursiyni o‘qib o‘zingizga dam solib yuring.
27 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 166 | Aqiyda