Audiokitoblar o‘qib berish

Assalomu alaykum! Men faqat ayol qizlardan iborat bir kanalda audiokitoblar o‘qiyman. Kanal shaxsiy bo‘lgani uchun u erdagi manbaalar tarqatilmaydi faqatgina obunachilar eshitishlari mumkin. Kitoblarni o‘zim sotib olaman, kitob o‘qishga vaqt topolmayotgan uy bekalari yoki kitob sotib olishga imkoniyati bo‘lmagan ayol qizlarga manfaatli bo‘lishi uchun bu ishga qo‘l urganmiz. Men u kitoblarni audiolashtirib moddiy foyda olmoqchi emasman. Savolim shundan iboratki, kitoblarni bu tarzda o‘qib berishim ham xarom hisoblanadimi ya’ni men obunachilarga o‘qib berishim uchun har bir muallif va nashriyotdan ruxsat so‘rashim talab etiladimi? Har hil fikrlar eshityapman aniqlashtirib olmoqchi edim. Savob deb gunoh qilib qo‘ymayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muallifdan so‘rab roziligini olib qo‘ying. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar