Yordamberish evaziga qarz olish ribomi?
Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barakotux hurmatli shayx xazratlari.Alloh ilmingizni ziyoda qilsin, musulmon birodarlarimizga ilm yo‘lida ko‘rsatayotgan yordamlaringizga beraka bersin, ayniqsa, boshqa ulamolar “jim turishgan” bir davrda barcha mavzularda ochiq javob berayotganingiz ajrini Alloh ber necha barobar ko‘paytirsin.Shayx hazratlari, Men mayda-chuyda narsalar savdosi bilan shug‘ullanaman va o‘zimning 40 mln. so‘mga yaqin aylanma mablag‘larim bor. Shu sababli Menga qo‘shimcha malag‘ zarur bo‘lmasada, bir parxezkor tanishim “pulim o‘zimda tursa ishlatib qo‘yaman, ishlatilmasdan qadri tushadi, Siz ishlatib turing, pulimdan foyda qilsangiz, sherik bo‘laman, keyinchalik uy sotib olmoqchiman” deb 3 mln. so‘m bermoqchi edi. Lekin, Men savdo jarayonida Mening pullarim va tanishimning pullari aralashib ketishiga va olingan mollar ba’zilari darrov va ba’zilari 6 oy - 1 yillab sotilmasdan qolishi sababli, tanishimning 3 mln. so‘mining foydasini alohida ajratib hisoblab bo‘lmasligiga amin bo‘lib, tanishimga yordam berish maqsadida “3 mln. so‘mni Menga yordam sifatida bering, keyinchalik uy olmoqchi bo‘lganingizda, pulingizdan ko‘rgan foydamni chamalab hisoblab, Sizga ham uy olishda yordam beraman, Menga kam yoki ko‘p berdingiz demaysiz” deb va’dasini olib, pullarini olib qoldim.Savolim shundan iboratki, tanishim pulini ko‘paytirib berishimni niyat qilib turganligining o‘zi Menda riboga shubxa o‘yg‘otmoqda, ushbu holat riboga kiradimi yoki yo‘qmi ?, boshqa echimlari ham bormi ?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu holatda noaniq shartnoma tuzilgani uchun aqd to‘g‘ri emas.
2 May 2022, 18:19 | Savol-javoblar | 173 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu holatda noaniq shartnoma tuzilgani uchun aqd to‘g‘ri emas.
2 May 2022, 18:19 | Savol-javoblar | 173 | Islam