Qarz niyat

Assalomu alaykum! Qarzni qaytarish niyatida olsa Alloh qarzni qaytarishni oson qiladi, shunday ekan men tatbirkorlikni boshlamoqchidim amakimdan pul olib, amakim menga pulni shundoq xam beradi lekin men qarz sifatida olsam ishlarim yaxshiroq ketishi niyatida shu ishim to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo boshlamoqchi bo‘lgan xayrli ishingizga barakalarini yog‘dirsin. Hadisi sharifda quyidagicha deyilgan.عن أبي هريرة رضي الله عنه: أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: مَن أخذ أموال الناس يريد أداءها أدَّى الله عنه، ومن أخذها يريد إتلافها أتلفه الله.  رواه البخاريAbu Hurayra rozyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim odamlarning mol-pullarini qaytarib berish niyatida olsa, Alloh uning uchun ado etib (qaytarib) beradi, kim zarar etkazish niyatida olsa, Alloh unga zarar etkazadi”, dedilar”.
Imom Buxoriy rivoyati.
Agar shu ma’noni ko‘zlab, Allohning madadini umid qilib qarz olsangiz, zarari yo‘q. Shuningdek, boshlamoqchi bo‘lgan ishingiz shariatimizda qaytarilgan, qoralangan, ma’qul ko‘rilmagan ishlardan bo‘lmasligiga, insonlarning ehtiyojini to‘ldirishga, ularga engillik, qulaylik yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lishiga ahamiyat bering. Har bir mo‘min kasbu korida oilasi, qarindosh urug‘lari, butun ummat uchun manfaat etkazishni o‘z oldiga maqsad qilib olishi lozim. O‘zgalarning zarari evaziga mol ko‘paytirishni niyat qiluvchilar hech qachon najot topmaydilar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar