Zamonaviy sohaga oid bilim olish
Assalomu alaykum! Kompyuter texnologiyalari sohasida ta’lim olaman. Insha Alloh kelajakda shu yo‘nalish bo‘yicha odamlarga manfaatli ish qilmoqchiman. Hozirda rivojlanayotgan, Neural Netshorks(Nevro tizimlar), Machine Learning(Mashinaning o‘rganish qobiliyati), Artifisial Intellest(Sun’iy Intellekt) kabi fanlarni o‘rganish Insonga o‘xshash narsa yasashga urinish bo‘lib, gunoh ishlardan emasmi? Sababi bu fanlar, Allohning mo‘jizasi - inson miyyasining ishlash usulidan andaza olib, buni matematik hisoblashlar, murakkab kodlarni ishlatish orqali mashinaga o‘rnatishga urinish bo‘ladi. Masalan, rasmda gulga qarab gulning nomini ko‘rsata dastur ichiga, yuz minglab gullar rasmi kiritiladi. Unga biror gul ko‘rsatilsa, o‘zidagi ma’lumotlarni tahlil qilib javob beradi. Agar xato qilsa, xatosidan xulosa chiqaradi va borgan sari o‘z o‘zini bilimini oshirib boradi. Bu fanlarda erishilgan yutuqlar ham Odam shakliga o‘xshash robotlarda ishlatilishi mumkin, ham oddiy jihozlarni yanada qulayroq qilishda ishlatilishi mumkin. Ammo, har qanday ilm, baribir oxiri, borliq va undagi barcha narsalar egasi - Buyuk Alloh ekanligiga dalolat berar ekan. Chunki shuncha urinishlar bilan ham, mashinani Inson aqliy qobiliyatining milliondan biriga ham olib chiqa olinmagan. Olib chiqa olinmaydi ham. Alloh foydali ilmimizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Odam yoki boshqa jonli narsalar kabi robot yasamasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 141 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Odam yoki boshqa jonli narsalar kabi robot yasamasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 141 | Ta’lim va muta’allim