Ishchining qo‘shimcha daromadini bo‘lishish mumkinmi?

Men ishchi ishlatgan holda savdo sotiq bilan shug‘ullanaman. Ishchini ishga qabul qilayotib mavsum bo‘lsa bo‘lmasa oylikni bir xilda berishni, orada qo‘shimcha foyda bo‘lib qolsa o‘rtada bo‘lishishni kelishib olganmiz. Qo‘shimcha foydani ishchi qilib keladi. Masalan, agar narsa sotilsa borib qo‘yib keladi va xizmatiga olgan pulni bo‘lishamiz. Shu pullar menga halolmi? Yoki oylik bermasdan xizmatiga olgan pullar o‘zida qolishi kerakmi? Lekin xar kuni ham qo‘shimcha ish chiqa vermaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qo‘shimcha ish, ishchining haqi. Siz undan ulush olishingiz mumkin emas.

26 May 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar