Namoz o‘qiyotganni oldidan o‘tgandim
Assalomu alaykum! Biz kecha kursdoshim bilan Asr namozini o‘qigani masjidga bordik. Men o‘qib bo‘lib yuraman deganimda do‘stim to‘xtatdi orqada namoz o‘qishayapti deb. Biz bosh zalda edik bosh zalga 3ta alohida yo‘l orqali borsa bo‘ladi shu yo‘llar parallel. Birinchi yo‘lda 6kishi namoz o‘qiyotgan ekan 1 chiqish eshigi oldida, bizdan 40, 50metr uzoqda 2 yo‘lakda ham 2kishi namoz o‘qiyotgan ekan, 10metr uzoqlikda, 3 yo‘lakda esa hech kim yo‘q ekan shu yo‘lakdagi eshik orqali chiqib ketdim keyin do‘stim nega unday qilding deb so‘radi men bir masjidda bir kishidan eshitgandim sutra bo‘lmasa ham 2metr uzoqlikda oldidan o‘tsa bo‘ladi deb, o‘zi qancha uzoqlikda o‘tish mumkin sutra bo‘lmagan paytda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kichik masjidda namozxonning oldidan o‘tish ila gunohkor bo‘linadi. Bu hukmga quyidagi hadisi sharif dalildir:عَنْ أَبِي جُهَيْمٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَوْ يَعْلَمُ الْمَارُّ بَيْنَ يَدَيِ الْمُصَلِّي مَاذَا عَلَيْهِ لَكَانَ أَنْ يَقِفَ أَرْبَعِينَ خَيْرًا لَهُ مِنْ أَنْ يَمُرَّ بَيْنَ يَدَيْهِ. قَالَ أَبُو النَّضْرِ: لَا أَدْرِي قَالَ أَرْبَعِينَ يَوْمًا أَوْ شَهْرًا أَوْ سَنَةً.رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.Abu Juhaym roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Agar namozxonning oldidan o‘tuvchi kishi o‘ziga nima (gunoh) bo‘lishini bilganida edi, (namozxonning) oldidan o‘tishdan ko‘ra qirq (yil, oy, kun) to‘xtab turish uning uchun yaxshiroq bo‘lar edi», dedilar».
Abu Nazr (hadisni Busrdan rivoyat qilgan roviy:) «Qirq kun» dedimi, yoki «oy», yo «yil»mi, bilolmadim», degan».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Ammo undan boshqa joyda sajdagohiga nazar solib o‘qiyotgan namozxonning ko‘zi etadigan joydan o‘tgan gunohkor bo‘ladi.
Bu holatda ko‘zi etadigan joy sajda qiladigan joy bo‘ladi. Buni ko‘pchilik ulamolar ta’kidlaganlar. (Kifoya kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar