Yaratuvchilik sifati

Eshitishimcha insonlar bir narsani ihtiro qilsa unga «falon narsani yaratdi» deb gapirish mumkin emas ekan. Yaratuvchanlik faqat Allohga hos bolib, insonlarga nisbatan bu sifat ishlatilsa, uni Allohga tenglashtirish bolar ekan. Buning hukmi qanday. javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Oli Imron” surasi 49-oyatida وَرَسُولاً إِلَى بَنِي إِسْرَائِيلَ أَنِّي قَدْ جِئْتُكُم بِآيَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ أَنِّي أَخْلُقُ لَكُم مِّنَ الطِّينِ كَهَيْئَةِ الطَّيْرِ فَأَنفُخُ فِيهِ فَيَكُونُ طَيْرًا بِإِذْنِ اللّهِ وَأُبْرِىءُ الأكْمَهَ والأَبْرَصَ وَأُحْيِي الْمَوْتَى بِإِذْنِ اللّهِ وَأُنَبِّئُكُم بِمَا تَأْكُلُونَ وَمَا تَدَّخِرُونَ فِي بُيُوتِكُمْ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ۝  49. Va Banu Isroilga rasul qiladikim, (u der): «Albatta, men sizga Robbingizdan mo‘’jiza keltirdim. Albatta, men sizga loydan qush shakliga o‘xshash narsa yasab, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo‘ladi. Allohning izni bilan tug‘ma ko‘r va peslarni tuzataman va o‘likni tiriltiraman. Sizlarga uylaringizda nimani emoqdasiz-u, nimani saqlayapsiz – xabarini beraman. Agar mo‘min bo‘lsangiz, albatta, bunda siz uchun oyat (belgi) bordir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan).
Alloh taolo ushbu oyati karimada Iso alayhissalom taraflaridan “Albatta, men sizga loydan qush shakliga o‘xshash narsa yasab, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo‘ladi” degan so‘zlarini hikoya qilib keltirgan. “Loydan qush shakliga o‘xshash narsa yasash” so‘zini “Axluqu” ya’ni xalq qilaman lafzi bilan keltirgan. Yaratish Alloh taoloning O‘ziga xosdir, lekin majozan bandalarga ham ishlatiladi. Albatta “yaratdim” so‘zini ishlatmagan yaxshiroq. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar