Namozni vaqti kirishi bilan o‘qib olish

Assalomu alaykum! 1). Agar namoz vaqti kirgandan so‘ng, bir kishining ishi shoshilinch bo‘lsa, o‘zi yolg‘iz holda masjidda namoz o‘qib, jamoatni kutmasdan chiqib ketsa bo‘ladimi? Hozirda peshin vaqti 12:15 da kirmoqda, masjidda esa 13:00 da o‘qiladi.
2). Yuzimdan tez-tez husnbuzar chiqib turadi va ba’zi hollarda uni siqib tashlasam, bir oz yiring va qon chiqadi. Uni esa dastro‘molim bilan artib tozalayman. Shu qon va yiring tekkan dastro‘molim cho‘ntagimda turganda, u bilan namoz o‘qishim mumkinmi (albatta tahoratli holatda)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Vaqt kirgan bo‘lsa joiz, zaruratsiz bo‘lsa, makruh bo‘ladi. 2). O‘sha bilan o‘qish yaxshi emas, lekin o‘shalarni hammasini yiqqanida hajmi piyolaning orqa tomoni miqdori bilan teng bo‘lsa namoz ado bo‘ladi. Chunki shuncha miqdor shariatimizda afu qilingan. Bundan katta miqdorda bo‘lsa namoz ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 04:31 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar